"Neftchi" va "Bunyodkor" chempionat doirasida 26 marta to‘qnashgan (prevyu)

  • 15 may, 2023, 13:32
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing 10-tur bahsida Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi Toshkentning "Bunyodkor" klubini qabul qiladi.

Tecno

"Bunyodkor" futbol klubi 2005 yilda "Quruvchi" nomi bilan tashkil etilgan jamoadir. 2008 yildan e’tiboran jamoa "Bunyodkor" nomi ostida to‘p sura boshladi.
Milliy chempionatimiz doirasida jamoalar o‘zaro 26 marta to‘qnash kelishgan. Bulardan "Neftchi"da 5ta o‘yinda g‘alaba va 17 ta bellashuvda mag‘lubiyat mavjud, 4 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 16-40 toshkentliklar foydasiga.

Jamoalarning Farg‘onadagi oxirgi 5 uchrashuvi natijalari:

25.04.2022. "Neftchi"-"Bunyodkor" 1:3
17.03.2018. "Neftchi"-"Bunyodkor" 0:1
16.04.2017. "Neftchi"-"Bunyodkor" 1:2
03.08.2016. "Neftchi"-"Bunyodkor" 2:1
20.09.2015. "Neftchi"-"Bunyodkor" 2:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!