
"Neftchi" xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi
FIFA kunlari sababli Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida "Neftchi" o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Farg‘onaliklar 23 sentyabr kuni Quvasoydagi “Tsementchi” o‘yingohida qo‘shni Qirg‘iziston respublikasining O‘sh shahri sharafini himoya qiluvchi, Qirg‘iziston Premer ligasi vakili “Kaganat” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv soat 16:00 da start oladi.
“Neftchi” klubi matbuot hizmati
Fikrlar