"Neftchi" Xolmatov bilan shartnomani 3 yilga uzaytirdi
Muxammadali Holmatov "Neftchi"ning yosh, iqtidorli futbolchilaridan biri. U jamoaning o‘rinbosarlari safida muntazam ravishda qanotdagi tezkor reydlari bilan yorqin va havas qilsa arziydigan o‘yin namoyish etib kelmoqda.
Yosh iqtidor egasi bu yildan "Neftchi"ning asosiy tarkibi safiga jalb qilina boshlandi va nazorat uchrashuvlarida tez tez maydonga chiqib turdi.

Uning ana shu hislatlari e’tiborga olinib bugun yosh yarim ximoyachi bilan amaldagi shartnoma uch yil muddatga uzaytirildi.
"Neftchi" matbuot xizmati.

Fikrlar