
"Neftchi"ning legionerlari Osiyo kubogida qatnashmoqda!
Bugun "A" guruhida ishtirok etayotgan Tojikiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi tarihida o‘zining ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Xabaringiz bor, Tojikiston MTJ Osiyo kubogi debyutanti hisoblanadi. Xitoyga qarshi kechadigan bugungi bahsda saudiyalik Muhammad Holid Al Xoish bosh hakam bo‘ladi.
Mazkur uchrashuvda "Neftchi" a’zolari Zoir Jo‘raboev va Manuchehr Safarovga hamda Tojikiston milliy terma jamoasiga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy - Tojikiston uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:30da "Abdulloh bin Halifa" stadionida boshlanadi.
Fikrlar