"Neftchi"ning nazorat o‘yini bekor qilindi. Bunga sabab...

  • 02.02.2022 19:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avval xabar berganimizdek, Turkiyadagi yig‘inlar doirasida bugun soat 19:30 da "Neftchi" Rossiyaning "Fakel" (Voronej) klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi kerak edi. Noqulay ob-havo sharoiti yuz berib, kuchli yomg‘ir-jala yog‘a boshlaganligi tufayli ushbu bellashuv bekor qilindi.

Shuningdek, "Neftchi"ning 6 fevralda Ukrainaning "Chernomorets" jamoasi bilan o‘tkaziladigan uchrashuv rejasiga ham o‘zgartirish kiritildi. Yangi rejaga muvofiq, "Neftchi" jamoasi 5 fevral kuni Qozog‘istonning "AKSU" klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

"Neftchi" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!