
"Neftchi"ning sobiq futbolchisi U-21 jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi
Jamoamiz muxlislarining ko‘plab talab va iltimoslariga hamda Farg‘ona viloyati hokimi, Farg‘ona futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Bozorovning topshirig‘iga asosan jamoamiz sobiq murabbiyi Azizbek Alijonov “Neftchi” U-21 bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Aziz Alijonov 2021 yilgi O‘zbekiston U-18 chempionatida jamoamiz bilan musobaqada g‘olib chiqqandi. Lekin ma’lum sabablarga ko‘ra yangi mavsumda murabbiy “Bunyodkor” klubi yoshlar jamoasi murabbiylar shtabiga chaqirilgandi, - deya “Neftchi” matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Endilikda Aziz Alijonov o‘zining jonajon klubida murabbiylik faoliyatini davom ettiradi va to‘plagan tajribasini ishga soladi.
Fikrlar