"Neftchi"ning yangi mavsumga tayyorgarligi ertadan boshlanadi

  • 11 dekabr, 2022, 10:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saytimiz orqali klublarning yangi mavsum uchun tayyorgarlik rejalari haqida ma’lumotlarni taqdim etib boryapmiz. Yaqinda “Neftchi” jamoasining qishki yig‘ini qanday o‘tishi xususida ham xabar bergandik. Klub matbuot xizmati biz bergan xabarlarni tasdiqlagan holda ma’lumot berdi.

Vitaliy Levchenko bosh murabbiyligidagi "Neftchi" futbol klubi yangi mavsumga tayyorgarlik rejalarini belgilab oldi. Rejaga ko‘ra, tayyorgarlik ishlari 3 bosqichda amalga oshiriladi.

12 dekabrdan boshlanadigan I-bosqichda Vitaliy Levchenko shogirdlari Toshkentda yig‘ilib, mashg‘ulotlarga kirishadilar. Bu jarayon 24 dekabrgacha davom etadi.

6 yanvardan 20 yanvargacha davom etadigan  II-bosqichni "Neftchi" vakillari Turkiyaning Lara shahrida o‘tkazishadi. Bu bosqichda tayyorgarlikning muhim qismi sifatida o‘rtoqlik-nazorat uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

III-bosqich jarayoni ham 27 yanvardan 17 fevralga qadar  yana Turkiyaning Lara shahrida olib boriladi. Bu bosqichlar jarayonida jamoaga qabul qilingan yangi futbolchilarning nimaga qodir ekanliklari va jamoaning yangi mavsumga tayyorgarlik darajasiga baho beriladi.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati.

"Neftchi" Vagiz Galiulinga qiziqyaptimi? Abror Ismoilov Rossiyaga ketadimi? Bosh murabbiy Vitaliy Levchenko qanday javob berdi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!