Nega Grizmanning "Barselona"da ishlari yurishmayapti?
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmanning tog‘asi Emmanuel Lopes jiyanining Kataloniya klubidagi omadsizliklariga asosiy sabablar nima ekanini aytib o‘tdi.
“Dastlabki olti oy oson o‘tmasligiga ishonaman, ammo bu bir yilga cho‘zilib ketdi. Bu haqda gapirish yoqimsiz, lekin “Barsa”da yurakdan ishlashmayapti. Mashg‘ulotlar esa, ayrim futbolchilarni qanoatlantirish uchungina o‘tkazilyapti. Shuning uchun hech narsa bo‘lmayapti”, - dedi Lopes.
29 yoshli frantsiyalik futbolchi joriy mavsum “Barselona” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Kataloniyaliklar uni 2019 yilning yozida “Atletiko”dan 120 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar