Nega hamma murabbiy haqida gapiryapti? Yoxud Patris Evra "Manchester Yunayted" futbolchilarini "tuzladi"!

  • 6 yanvar, 2022, 19:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi va Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Patris Evra MYu futbolchilariga murojaat qildi.

Tecno

"Nega hamma murabbiy haqida gapiryapti? Keling, "Manchester Yunayted" futbolchilari haqida gaplashaylik. Siz "Yunayted" vakilisiz! Buni tushunyapsizmi? Bu klubda o‘ynaganingizdan naqadar baxtlisiz! Klubga nima bo‘lyapti? Buni siz futbolchilardan so‘raymiz. Bu Yunayted. Yomon o‘yin uchun tanqid yoqmasa, keting!

“Yunayted”ning DNKsi haqida gapirganda, men g‘oliblik mentaliteti, har yili chempionlikni qo‘lga kiritish istagi va shu klub uchun maydonda jon berishga tayyorligini tushunaman. Sizda ehtiros bo‘lishi kerak. Mag‘lubiyatga uchrasangiz ham maydonda bor kuchingizni berib o‘ynashingiz kerak. Muxlislar sizni olqishlaydi. Hozir bunday bo‘lmayapti. Men o‘ynaganimda, biz shon-shuhrat va pul uchun emas, balki muxlislarni xursand qilish uchun o‘ynaganmiz”, - deydi Evra.

Ralf Rangnik boshchiligidagi "Manchester Yunayted" ayni damda premer-liga musobaqa jadvalida 31 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!