Nesterovning keyingi manzili qaer?

  • 13 dekabr, 2021, 23:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yakunlangan mavsumni "Qizilqum" safida o‘tkazgan darvozabon Ignatiy Nesterov jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, 38 yoshli tajribali posbon xizmatiga "Neftchi" qiziqish bildirmoqda. Agar futbolchi va farg‘onaliklar kelishuvga erishsa, Nesterov mavsumni yangi klubda boshlaydi.  

Eslatib o‘tamiz, Ignatiy o‘tgan mavsumda 26ta o‘yinda maydonga tushib, 29ta gol o‘tkazib yuborgan va 7ta bellashuvda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

Nesterovning "Qizilqum" bilan amaldagi shartnomasi 31 dekabr kuni yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!