Nevill «Manchester Yunayted» tarixidagi eng omadсиз transfer haqida gapirdi

  • 28.09.2026 11:08
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi, hozirda futbol bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritayotgan Gari Nevill «Manchester Yunayted»da Aleks Ferguson ketganidan keyin amalga oshirilgan eng omadsiz transferni sanab o‘tdi.

«Eng muammoli transferlardan biri – Anxel Di Mariya edi. Avvaliga uning kelganidan juda xursand bo‘lganman, bu jamoa uchun katta kuchayish deb o‘ylagandim. Lekin Anxel mutlaqo moslasha olmadi, natijada bu o‘ta omadsiz transfer bo‘lib chiqdi. Katta pul sarflangan futbolchilar haqida gapiradigan bo‘lsak, Antoni yodga tushadi. Eng omadsiz ikki transfer sifatida Antoni va Di Mariyani aytardim. Agar bittasini tanlash kerak bo‘lsa, u holda bu – Antoni», – deya Nevillning so‘zlarini keltiradi Metro nashri.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil yozida «Manchester Yunayted» Antonini «Ayaks» klubidan 95 million yevro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!