
Neymar "Barsa" futbolchilari bilan suhbatlashgan
PSJ klubi xujumchisi Neymar faoliyatini "Barselona"da davom ettirishga yaqin turibdi.
Sport-express nashrining xabar berishicha, 27 yoshli forvard "Barsa" futbolchilariga jamoaga qaytishi haqida xabar bergan.
- Yaqin orada qaytaman, - deb yozgan Neymar.
Ta’kidlanishicha, braziliyalik futbolchi WhatsApp ijtimoiy tarmog‘idagi Messi va Suares bo‘lgan guruhda jamoaga qaytishini aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2013-2017 yillarda “Barselona”da to‘p surgan va shundan so‘ng 222 mln evro evaziga PSJga ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar