Neymar "Barsa"ga o‘tish uchun PSJga o‘z yonidan 20 mln evro bermoqchi edi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Neymar "Barselona"ga o‘tish uchun o‘z cho‘ntagidan to‘lashga tayyor edi.

Kataloniya klubi parijliklarga Neymar uchun 130 mln evroga Ivan Rakitich va Jan-Kler Todiboni qo‘shib bermoqchi bo‘ldi. Shu qatorda Usmon Dembeleni ham ijaraga berishga tayyor bo‘lgandi.

Ushbu taklifga, braziliyalik o‘z cho‘ntagidan 20 mln evro qo‘shmoqchi bo‘ldi.

PSJ "Barselona" futbolchilarining o‘tish holatiga to‘liq roziligini ololmaganligini aytib, taklifni rad etdi.

Avvalroq, Rakitich va Todibo PSJga o‘tishga rozi bo‘lishgani va Parijning bosh murabbiyi Tomas Tuxel Usmon Dembeleni taklifni qabul qilishga ko‘ndirgani haqida xabar tarqagan edi.

Shu qatorda, Neymar allaqachon "Barselona" futbolchilariga uning Kataloniya klubiga o‘tishi yozda amalga oshmasligini aytib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!