Neymar "Barselona"ga qanday shart qo‘ymoqda?
PSJ hujumchisi Neymar yana "Barselona"ga qaytishni istamoqda. Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar kataloniyaliklar uning transferi bo‘yicha taklifni yaxshilashmasa u o‘zining “Barselona”ga qaytish istagi borligini omma oldidan e’lon qilmaydi.
O‘z navbatida “ko‘k-anor ranglilar” esa braziliyalik futbolchini 2017 yilda jamoadan ketgani uchun muxlislardan uzr so‘rashini xohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2017 yil PSJga 222 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. “Barselona” esa ayni damda parijliklardan uni keyinchalik 190 mln evro evaziga sotib olish huquqi bilan 1 yilga ijaraga olishmoqchi.

Fikrlar