Neymar Braziliya terma jamoasi qarorgohiga tashrif buyurdi

  • 22 iyun, 2019, 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ forvardi Neymar Peruga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgan Braziliya terma jamoasi qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Eslatib o‘tish lozimki, Neymar Amerika kubogidan avval Qatarga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida jiddiy jarohat olgan va shu bois musobaqani o‘tkazib yuborishi oydinlashgan edi. Shunday bo‘lsada, Neymar maydon tashqarisida bo‘lsa ham terma jamoasini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi.

Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi guruh bosqichining dastlabki 2 ta turida 1ta g‘alaba va 1ta durang qayd etdi. Ular so‘nggi uchrashuvni 22 iyun kuni Peruga qarshi o‘tkazishadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shavkat_boy
22/06/2019 12:22
Nemar realga xozircha kerak emas bu men fikrim