
Neymar Braziliyaning nimchorak finaldagi o‘yinida ishtirok etadimi?
Braziliya terma jamoasi vingeri Neymarning hamon pley-offda ishtirok etishi so‘roq ostida bo‘lib turibdi. Ammo u aniq 1/4 final bahsida ishtirok eta oladi.
Futbolchi to‘pig‘idan olgan jarohatidan so‘ng hali hanuz tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda. U hozir mashg‘ulotlarda ham qatnashmayapti.
Nimchorak finalda Neymar uzog‘i zaxiradan maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya bir necha soatlardan so‘ng Kamerunga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar