
Neymar: Bu futbolchini Xavi va Inesta bilan bir qatorga qo‘yaman
PSJ yarim himoyachisi Neymar yana bir bor jamoadoshi Marko Verrattini maqtadi. Braziliyalik futbolchining fikricha, italiyalik u bilan birga o‘ynagan eng yaxshi yarim himoyachilardan biri.
“PSJga kelishdan oldin men Verratti yaxshi o‘yinchi ekanligini bilardim, lekin uni bunchalik aql bovar qilmaydigan deb o‘ylamagandim. Xavi va Inesta bilan bir qatorda Verratti ham men bilan birga o‘ynagan eng yaxshi yarim himoyachilardan biri” - dedi Neymar.
Eslatib o‘tamiz, kecha PSJ Chempionlar ligasi finalining 1/8 final dastlabki o‘yinida "Real" (1:0) ustidan minimal g‘alabaga erishdi. Uchrashuv oxirida Neymarning uzatmasini Killian Mbappe golga aylantirdi.
Fikrlar