Neymar "JCH-2026"dаgi ilk oʻyini haqida fikr bildirdi
Neymar Shotlandiyaga qarshi bahsda (3:0) maydonga tushib, "JCH-2026"dagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Braziliyalik yulduz o‘yindan keyin o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Yuragim juda tez uryapti, juda hayajondoman, ammo baxtliman!"
Neymar 76-daqiqada maydonga tushdi va 2023 yil oktyabr oyidan buyon milliy terma jamoa safidagi ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, "pentakampionlar" guruh bosqichini 7 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunlab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar