Neymar Mbappening kuchli tomonlari haqida gapirdi

  • 13.04.2021 11:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Neymar frantsiyalik jamoadoshi Kilian Mbappe haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi.

“Men mashg‘ulotlarda uning tezligi va to‘p bilan aqlbovar qilmaydigan harakatlarni amalga oshirishini kuzataman. Mbappe ulkan qobiliyatga ega va bu kundan-kunga rivojlanmoqda. U bizning "oltin bola".

Albatta, faqat tezlikning o‘zi katta foyda keltirmaydi, shuning uchun uni Mbappe kabi to‘g‘ri ishlatish kerak. Kilian nafaqat tezkor, balki ajoyib driblingga ham ega”, - dedi Neymar Goal nashriga bergan intervyusida.

Mbappe PSJ safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 21 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!