Neymar: “Men Ronalduning fikriga to‘liq qo‘shilaman”

  • 9 yanvar, 12:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Al-Hilol” hujumchi Neymar Junior Ronalduning Saudiya ligasi Liga 1 da kuchli degan fikriga qo‘shildi. 
 
“Men Krishtianuning barcha gaplariga qo‘shilaman. Bunga sabab ham keltira olamiz. Haqiqatdan, Saudiya Pro ligasi Liga 1 dan hozirgi kunda kuchli. Bu erga kelishimdan avval biroz hayajonlanib, xavotirda edim. Biroq, Saudiya meni juda go‘zal kutib oldi. Odamlarning harakaterlari, muomalalari, deyarli barcha narsa ideal edi. Shu sababli, men ham bu chempionatni Frantsiya ligasidan ustun ko‘raman” – dedi braziliyalik yulduz. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 32 yoshli hujumchi joriy mavsum saudiyaliklar safida 2 bora uchrashuvda ishtirok etdi, xolos. Bundan avval Junior jarohatlar girdobiga kirib qolib, ko‘plab o‘yinlarda ishtirok eta olmayotgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!