
Neymar nega Mbappeni yoqtirmasligi ma’lum bo‘ldi
PSJ hujumchilari Neymar va Kilian Mbappe bir birini yoqtirmaydi. L’Équipe nashrining yozishicha, ular jamoadagi muhit buzilmasligi uchun o‘zini tiyib yurishga majbur bo‘lmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, Neymar frantsiyalik yosh futbolchining takabburligini yoqtirmaydi. Mbappe muhim uchrashuvlarda ko‘p xudbinlik qiladi va o‘zidan qulay pozitsiyada turgan braziliyalik yulduzga to‘p uzatmaydi.
Mbappega Neymarning jamoadagi ta’siri oshib borayotgani yoqmayapti. Shuningdek, mahalliy futbolchi sifatida klub rahbariyatidan argentinalik futbolchilarni yo‘qotishni so‘ragani oshkor bo‘ldi. Hozir faqat Lionel Messi qoldi.
Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, Lionel Messi va Serxio Ramos kabi tajribali o‘yinchilar aralashganiga qaramay, ikki hujumchini murosaga keltirib bo‘lmayapti.
Fikrlar