Neymar: "PSJdan ketish niyatim yo‘q"
PSJ futbolchisi Neymar klubdagi kelajagi borasida fikr bildirdi. Aytishicha, u jamoada yana ko‘plab sovrinlar yutishni istaydi.
"Mening maqsadim bitta - qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlar egasiga aylanish. Yaxshi va munosib o‘yin ko‘rsatib, chempionlar ligasi va Jahon chempionatida g‘alaba qozonishni istayman. Bular mening kelasi mavsum uchun mo‘ljallagan maqsadlarim.
Mening jamoa bilan shartnomam bor. Shunday ekan, turli gap-so‘zlarga o‘rin yo‘q. Men Parijda qolaman", - dedi braziliyalik iqtidor sohibi.
Ma’lumot o‘rnida, futbolchi Frantsiya grandi safiga 2017 yil kelib qo‘shilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

Fikrlar