
Neymar PSJni xavotirga solib qo‘ydi
PSJ rahbariyati jamoa yulduzi Neymarning salomatligidan tashvishga tushmoqda. Braziliyalik futbolchi Qatardagi jahon chempionatida to‘pig‘idan jarohat olgan edi.
O‘shanda Neymar ma’lum muddatdan keyin safga qaytgan va mundialdan keyin Parij klubi uchrashuvlarida ham qatnashib kelyapti.
Biroq, manbalarning ta’kidlashicha, Neymarning to‘pig‘idagi jarohati hali ham bezovta qilayotgani klub rahbariyatini xavotirga solmoqda, bu ma’lumotni L'Equipe nashri ham tasdiqladi.
PSJ rahbariyati Neymar Chempionlar ligasining nimchorak finaligacha to‘liq oyoqqa turishini istamoqda. Bu bosqichda parijliklar “Bavariya”ga to‘qnash keladi. Birinchi uchrashuv 14 fevralga belgilangan.
Fikrlar