
Neymar Raboga "Barselona"ga o‘tmaslikni maslahat bermoqda
PSJ forvardi Neymar jamoadoshi Adrien Raboga "Barselona"ga o‘tish fikridan qaytishni maslahat bermoqda.
Don Balon nashri tarqatgan xabarga ko‘ra braziliyalik futbolchi frantsiyalik jamoadoshiga kataloniyaliklar safida raqobat juda yuqori ekanligi va shu bois uning uchun Parijda qolish eng to‘g‘ri yo‘l bo‘lishini aytgan.
Ma’lumot uchun, Rabo joriy mavsum PSJ safida jami 20ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar