Neymar: “Real”da to‘rt kun o‘ynaganman!
PSJ va Braziliya terma jamoasi hujumchisi o‘z vaqtida “Real” klubida ko‘rikda bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi.
- 10 yoshga to‘lganimda “Real” meni ko‘rikka taklif qildi. Juda baxtli edim, qattiq hayajonlandim. Bir hafta qolishim kerak edi. Madridga borganimda, beshinchi kuni ular meni Barselonadagi turnirga olib bormoqchi bo‘ldi.
Lekin men ketib qoldim. Uyimni juda sog‘ingan edim. “Real”da qolishim uchun hamma narsa tayyor edi, - dedi Neymar.
Braziliyaning eng zo‘r o‘yinchilaridan biri sifatida nom qozongan Neymar Evropadagi faoliyatini “Real”ning azaliy raqib “Barselona”da boshladi. Ayni paytda PSJ tarkibida to‘p tepayotgan braziliyalik hujumchi jahon futbolida eng qimmat transfer sohibi hisoblanadi. Parijliklar uni olish uchun kataloniyaliklarga 222 million evro to‘lagan.

Fikrlar