Neymar: "Real"ni hurmat qilaman, ammo...
PSJ klubi forvardi Neymar o‘zining "Real"ga o‘tish istagi borligi haqidagi xabarlarni inkor etdi.
“Real” dunyoning eng buyuk jamoalaridan biri hisoblanadi. Unda o‘ynashni har bir futbolchi orzu qiladi. Lekin men “Real”ga o‘tish istagim borligi haqida gapirmaganman. Men PSJda baxtliman, ammo, kelajakda bizni nimalar kutayotganini hech kim bilmaydi. “Real”ni juda hurmat qilaman, ammo hozir o‘zimni PSJda ko‘ryapman”, - deydi braziliyalik futbol yulduzi.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli Neymar joriy mavsum PSJda jami 23ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar