Neymar "Santos" kiyinish xonasida komiks qahramon emblemasi tushirilgan libosda ko‘rinish berdi (Foto)

  • 8 aprel, 11:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Neymar "Santos" kiyinish xonasiga Betmen emblemasi tushirilgan libosda keldi. 

33 yoshli braziliyalik forvard haligacha sonidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘lmagan. Shu sababli u Brazilya terma jamoasining "JCh-2026" saralashidan o‘rin olgan Kolumbiya (1:0) va Argentinaga (1:4) qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. 

Neymar 7 aprel kuni Braziliya chempionati 2-turidan o‘rin olgan "Santos" - "Baiya" (2:2) uchrashuvida maydonga tushmadi. U kiyinish xonasiga tashrif buyurib, jamoadoshlarini qo‘llab-quvvatladi. Motivatsion nutq so‘zlab, uchrashuv boshlanishidan avval stadionni tark etdi. 

Futbolchi kiyim almashtirish xonasiga "Warner Bros" kollektsiyasidagi kostyumda ko‘rinish berdi. 

Ma’lumot uchun, Neymar komikslar muxlisi sanaladi. Braziliyalikning tanasida Betmen va O‘rgimchak odam tatuirovkasi bor. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!