Neymar terma jamoaga chaqirilmagani­dan xafa: "Hali hech narsa hal bo‘lmagan"

  • 17.03.2026 12:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Neymar "Santos" safida o‘ynayotgan holda Braziliya milliy terma jamoasiga chaqirilmaganiga munosabat bildirdi. U Fransiya va Xorvatiyaga qarshi 26 va 31 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinlari uchun ro‘yxatdan joy olmadi.

"Bu haqida gapirmasdan qololmayman. Albatta, chaqirilmaganimdan xafa bo‘ldim va ranjidim.

Ammo men har kuni o‘z ustimda ishlashda davom etyapman — mashg‘ulotdan mashg‘ulotga, o‘yindan o‘yinga. Biz maqsadimizga yetamiz. Jahon chempionati uchun yakuniy ro‘yxat hali shakllanmagan", — dedi Neymar.

Joriy Braziliya chempionatida 34 yoshli hujumchi 2 ta o‘yinda 2 ta gol va 1 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!