Neymar uchun yana Evropaga yo‘l ochildi
2026 yilgi jahon chempionatida Braziliya terma jamoasiga etakchilik qilish orzusi bilan yashayotgan Neymarda yana Evropaning “top-ligalari”ga qaytish imkoniyati paydo bo‘ldi.
La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, Turinning “Yuventus” klubi mashhur yulduz faoliyatidagi navbatdagi bosqich bo‘lishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati Neymarni transfer qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Turinliklar “Barselona” va “Pari Sen-Jermen”da porlagan yulduz uchun “Yuventus”dagi faoliyat muhim ahamiyat kasb etishiga ishonmoqda.
Yozgi transferlar davrida Neymarga “Marsel”dan ham qiziqish bo‘lgan edi. Biroq 33 yoshli futbolchi “Santos”da qolishni ma’qul ko‘rgandi.
“Al-Hilol”dagi muvaffaqiyatsiz faoliyatidan keyin Neymar shu yilning boshida Braziliyaga qaytib, “Santos” safiga qo‘shildi. Qadrdon jamoasi tarkibida 18 ta o‘yinda maydonga tushgan yulduz to‘rtta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi.



Fikrlar