
Neymar va Mbappe "yondirgan" o‘yinda PSJ g‘alaba qozondi
Frantsiya chempionati 13-turidan o‘rin olgan "Bordo" - PSJ uchrashuvi nihoyasiga etdi. Mazkur bahsda parijliklar 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
26 va 43-daqiqalarda Neymar gol urgan bo‘lsa, 63-daqiqada Mbappe hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. 78-daqiqada Elis Parij klubi darvozaga yo‘l topa oldi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Nyang farqni minimal darajada qisqartirdi, biroq o‘yinda boshqa gol urilmadi.
Fikrlar