
Neymar va Messi "Renn"ga qarshi o‘yinda dahshatli darajada yomon o‘ynadi
Frantsiya chempionati 19-turidan o‘rin olgan "Renn" - PSJ uchrashuvida mehmonlar 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Mamlakatning eng mashhur nashrlaridan biri "Le Parisien" futbolchilarga qo‘yilgan ballarni taqdim etdi. Unga ko‘ra, parijliklar orasida eng yuqori ballga Janluiji Donnarumma loyiq ko‘rilgan - 7.
Eng past baho esa Neymarda. Braziliyalik futbolchiga 10 ballik tizimda 2,5 berilgan. Shuningdek, yana bir nechta etakchilar ham o‘ziga umuman o‘xshamagan: Ramos - 5, Messi - 4.
"Pari Sen-Jermen" ayni paytda 47 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar