Neymarning maqsadi nima?

  • 28.04.2021 08:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar faoliyatida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadni aytdi.

“Mening asosiy maqsadim "Oltin to‘p" emas, Chempionlar ligasi. U men uchun birinchi navbatda turadi. Ishonchim komilki, kelajakda Chempionlar ligasida ikki-uch marta g‘olib chiqqanimni quvonch bilan eslayman”, - dedi braziliyalik futbolchi.

Neymar 2017 yildan buyon PSJda to‘p surib kelmoqda. U 2014/15 yilgi mavsumda “Barselona” safida Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan va bu g‘oliblik uning faoliyatida hozircha yagona bo‘lib turibdi.

PSJ ertaga 28 aprel kuni EChL yarim finali doirasida o‘z maydonida “Manchester Siti”ni qabul qiladi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!