
Neymarning “tomi ketib qoldi”
Frantsiya chempionatining 31-turida amaldagi chempion PSJ birinchi o‘rin kurashdagi asosiy raqobatchisi “Lill”ni o‘z maydonida qabul qildi.
Ushba uchrashuvdagi g‘alaba parijliklarni birinchi pog‘onaga ko‘tarilar edi. Lekin amalda boshqacha bo‘lib chiqdi. Raqib maydonida kichik hisobda zafar quchgan “Lill” futbolchilari PSJning yulduzli tarkibidan uch ochkoga o‘zib ketdi.
Bu mag‘lubiyat Neymarga og‘ir botdi. Uchrashuvda ettita zarba berib, jamoadoshlarini uch marotaba qulay pozitsiyaga olib chiqqan braziliyalik yulduz jamoasi gol urolmaganiga va raqib unga jiddiy qarshilik ko‘rsatganiga chiday olmadi.
Natijada o‘zini tutib turolmagan Neymar qo‘pol o‘ynay boshladi va oxir-oqibat ikki marta ogohlantirish bilan maydondan haydaldi.
Fikrlar