
Neymarning yagona goli markaziy o‘yin taqdirini hal qildi
Frantsiya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan PSJ va "Marsel" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Turning markaziy bahsida Neymarning yagona goli parijliklarga 3 ochko olib keldi.
Birinchi bo‘limning qo‘shib berilgan daqiqalarida Mbappening pasidan so‘ng braziliyalik futbolchi darvozani ishg‘ol qildi.
Mazkur g‘alabadan keyin PSJ ochkolar soninini 29 taga etkazib, peshqadamlik qilmoqda. 4-o‘rindagi "Marsel" hisobida 23 ochko mavjud.
Fikrlar