Niderlandiya – O‘zbekiston o‘yinidan keyin yana ikki bo‘lim o‘tkaziladi
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Niderlandiyaga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv yakunlangandan so‘ng kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan futbolchilar ishtirokida qo‘shimcha ravishda ikkita 30 daqiqalik bo‘lim tashkil etiladi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu qo‘shimcha bahslar yopiq eshiklar ortida o‘tkaziladi va muxlislar hamda ommaviy axborot vositalari uchun ochiq bo‘lmaydi.
Bunday amaliyot murabbiylar shtabiga asosiy tarkibda kamroq maydonga tushayotgan futbolchilarning holatini baholash va ularga qo‘shimcha o‘yin amaliyoti berish imkonini yaratadi.

Fikrlar