Niderlandiya terma jamoasi muxlislari uchun noxush xabar bor

  • 6 iyun, 2021, 00:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Matteys de Ligt juma kungi mashg‘ulotlarni qin sohasidagi muammolar tufayli muddatidan oldin yakunladi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

De Ligt endi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Evropa chempionati arafasida Matteysning jarohat olishi Niderlandiya terma jamoasi uchun jiddiy zarba bo‘lishi mumkin. Boisi jamoaning yana bir ishongan himoyachisi Virjil van Deyk ham jarohat sabab qit’a chempionatida ishtirok eta olmaydi.

Niderlandiya terma jamoasi “Evro-2020”dagi birinchi o‘yinini 13 iyun kuni o‘tkazadi. Frank de Bur boshchiligidagi jamoaning raqibi Ukraina terma jamoasi bo‘ladi.

Quyida Niderlandiya terma jamoasining "Evro-2020"da ishtirok etadigan tarkibi bilan tanishib olishingiz mumkin:

Darvozabonlar: Yasper Sillessen («Valensiya»), Tim Krul («Norvich»), Marten Stekelenburg («Ayaks»).

Himoyachilar: Patrik van Anxolt («Kristal Pelas»), Natan Ake («Manchester Siti»), Deyli Blind («Ayaks»), Yurren Timber («Ayaks»), Denzel Damfris (PSV), Matteys de Ligt («Yuventus»), Joel Veltman («Brayton»), Stefan de Vrey («Inter»), Ouen Veyndal (AZ).

Yarim himoyachilar: Donni van de Bek («Manchester Yunayted»), Rayan Gravenberx («Ayaks»), Deyvi Klassen («Ayaks»), Frenki de Yong («Barselona»), Tyon Kopmeyners (AZ), Marten de Ron («Atalanta»), Jorjino Veynaldum («Liverpul»).

Hujumchilar: Steven Bergeys («Feyenoord»), Memfis Depay («Lion»), Kodi Gakpo (PSV), Donell Malen (PSV), Lyuk de Yong («Sevilya»), Kuinsi Promes («Spartak»), Vaut Vegxorst («Volfsburg»).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!