
Nigina Abduraimova "US Open" saralashida 2 setlik o‘yin o‘tkazdi
Tennis bo‘yicha o‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nigina Abduraimova Amerika ochiq chempionati saralash bosqichida kortga chiqdi.
Kvalifikatsiyaning 21-tartib raqamli raketka ustasi Simona Valvertga qarshi bahs olib borgan vakilamiz ikki setda imkoniyatni boy berdi. O‘yin shvetsariyalik tennischining 6:4, 7:5 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi.
Shu tariqa, Nigina yana bir turnirni muvaffaqiyatsizlik bilan yakunladi.
Fikrlar