
Nike Ferran bilan bog‘liq vaziyatdan hayratda
Nike "Barselona" vingeri Ferran Torres nima sababdan kompaniya va klub logotipi bo‘lmagan forma kiygani borasida surishtiruv olib bormoqchi.
Ispaniyalik futbolchi Evropa ligasi doirasida "Napoli"ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida "ko‘k-anorranglilar" va Nike kompaniyasi logotipi bo‘lmagan libosda maydonga tushdi. Mazkur holat Torres golni nishonlayotgan payti yaqqol ko‘zga tashlangan.
Kompaniya ushbu holat sodir bo‘lishiga nima sabab bo‘lganini bilmaydi. Sport kiyinmlari va poyabzal ishlab chiqaruvchisi ushbu holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi.
Fikrlar