Nikimbaev: Hozirgi O‘zPFL rahbarlari sakkiz yildan buyon na o‘zlarini, na FIFA qoidalarini hurmat qilishni o‘rganmagan

  • 1 fevral, 15:29
  • Karim Xudayqulov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o‘zining telegram sahifasida "Neftchi"ga qo‘yilgan transfer taqiqi hamda O‘zPFL reglamentida nomutanosibliklar borasida o‘zining fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"O‘quvchilar" "Neftchi"ni nima kutayotgani haqida so‘rashadi. Transfer taqiqi joriy etilgunga qadar ro‘yxatdan o‘tgan futbolchilar jamoada o‘ynay oladimi?

- Qonun biz bilganimiz kabi ortga qaytish kuchiga ega emas. Demak, FIFA 27 yanvar kuni transferlarga taqiq qo‘ygan bo‘lsa, o‘sha kungacha ro‘yxatdan o‘tgan barcha futbolchilar O‘zbekiston chempionatida o‘ynashi mumkin. Agar futbolchilar shartnoma imzolagan, ammo ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, "Neftchi" safida chempionatda harakat qila olmaydi. Klub bu futbolchilarni qo‘yib yuborishi, yoki mashg‘ulotlarda qatnashgani uchun maosh to‘lashda davom etishi lozim. 

- Biroq qiziq tomoni shundaki, FIFA tomonidan qo‘yilgan taqiqdan tashqari, dekabr oyi oxirida "Neftchi"ga O‘FA tomonidan transfer taqiqi qo‘yilgan. Ya’ni 10 dekabr kuni qishki transfer davrining katta qismida "Neftchi" futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega bo‘lmagan. 

- Shunday bo‘lsa-da, keling, "Neftchi" O‘FA tomonidan qo‘yilgan taqiqga qadar nima qilganini ko‘ramiz. 9 dekabr kuni PFL telegram kanalida "Neftchi" bira yo‘la 6 nafar futbolchi, Abror Ismoilov, Vladimir Yovovich, Zoran Marushich, Toma Tabatadze, Yovan Jokich va Muhammadali G‘iyosovni ro‘yxatdan o‘tkazgani haqida yozgandi. Bundan tashqari, Tabatadzedan boshqa hammaning transferlari haqidagi xabarga "limitdan tashqari" degan yozuv ham qo‘shilgan. Gap qishki transfer oynasida 10 nafar yangi futbolchini qo‘shib olish mumkin bo‘lgan qaydnoma limiti haqida bormoqda.

Tecno

- Men 2025 yilgi Superliga va Pro liga musobaqalari uchun reglamentni ochdim va limitni qanday chetlab o‘tish mumkinligini tushuntiruvchi hech narsa topa olmadim. Aniqroi, qoidalardan ayrim istisnolar topdim. 2003 yil va undan keyin tug‘ilgan yosh futbolchilar uchun. Tushunishimcha, 5 nafar yangi kelganlarning hech biri bu toifaga kirmaydi. 

- PFLda chiqqan materiallardan ma’lum bo‘lishicha, agar transfer davri boshlangunga qadar futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazsangiz, limitni chetlab o‘tish mumkin. Ya’ni, PFL o‘z reglamenti ruxsat bermaydigan ishlarni qilmoqda. Bu sizni ajablantiradimi? Meni esa yo‘q. 

- Keling, yana savol berib ko‘raylik: transfer oynasidan tashqari ham futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkinmi?

- FIFAning o‘yinchilar maqomi va transferi to‘g‘risidagi reglamentining 6-moddasida hammasi juda oddiy: 

- Futbolchi faqatgina tegishli Assotsiatsiya tomonidan belgilangan ikki yillik transfer davridan birida ro‘yxatga olinishi mumkin. 

- Albatta, har bir davlatda futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish futbolchilarning maqomi va transferlari bo‘yicha mahalliy normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Biroq FIFA Reglamentining 6-moddasi mahalliy qoidalarda o‘zgartirishlarsiz qo‘llanishi kerak bo‘lgan moddalardan biridir.


- Albatta, FIFA qoidalarida ham ayrim istisnolar mavjud: 

1. Klub tomonidan qoidabuzarlik tufayli shartnomasi bekor qilingan futbolchilar. 

2. Transfer davri tugaguniga qadar erkin agent maqomini olgan futbolchilar transfer davri tugagandan so‘ng (lekin boshlanishidan oldin emas) ro‘yxatga olinishi mumkin. 

3. Onalik, farzand asrab olish va ota-onalik ta’tilida bo‘lgan futbolchini vaqtincha almashtirish uchun ayol futbolchilar transfer muddatidan tashqari ro‘yxatga olinishi mumkin. 

4. Onalik, farzand asrab olish huquqidan foydalanib, ta’tildan qaytgan ayol futbolchilar transfer muddatidan avval ro‘yxatga olinishi mumkin. 

- Ko‘rib turganingizdek, "Neftchi" e’lon qilgan futbolchilarning hech biri bu istisnolarning birortasiga to‘g‘ri kelmaydi. 

- Ya’ni, PFL futbolchilarni transfer davri boshlangunga qadar ro‘yxatdan o‘tkazib, FIFA reglamentini buzmoqda. Bu sizni ajablantiradimi? Meni esa yo‘q. 

- Darvoqe, balki shu sababdan PFL FIFAdan bu kabi ahmoqona shartlarini yashirish uchun o‘z nizomida futbolchilarni transfer davri ochilguncha ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berish haqida yozmayaptimikan? 

- Kecha bir paytlari FIFAning yuridik bo‘limida ishlagan hamkasbimga xat yozib, vaziyatni tushuntirib berishni so‘radim. U juda hayron bo‘lganini aytish hech narsa demaslikdir. Biroq men hayron emasman. 

- Hozirgi PFL rahbarlari sakkiz yildan buyon na o‘zlari, na FIFA qoidalarini hurmat qilishni o‘rganmagan. Qolaversa, reglamentni yozayotganlarning mantig‘i ham shubhali. Masalan, 2025 yil Reglamentida quyidagilar aytilgan: 

- Xorijlik mutaxassislar va futbolchilar bilan shartnoma imzolash uchun klub 2025-26 yilgi mavsum uchun OFK litsenziyasiga ega bo‘lishi talab etiladi. 

- O‘zPFL esa 2025-26 yilgi mavsum uchun litsenziyani aprel oyida berishini inobatga olsak, shu paytgacha O‘zbekistonning birorta ham klubi xorijlik futbolchilar bilan shartnoma imzolash huquqiga ega emas ekan. 

- Bilasizmi, meni nima ajablantiradi? Klublar havaskorlar tomonidan boshqarilishiga jimgina qarab turishlari.

- Jurnalistlarning jim turishi meni ajablantirmaydi. Aksar insonlar nima bo‘layotganini tushunmaydi ham. Tushunadigan kam sonlilari esa muammolar haqida gapirishdan qo‘rqishadi.

 
 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998934037982
01/02/2025 21:22
Uzbekistonda qaysi qonun ishlaydiki,futbolda ishlaydi.haqiqiy vatanparvarlar chetga surgun bulgan
Baxil Alihuja
01/02/2025 17:21
Хавфсизлик хизматини бошлиги хам футболдаги коррупцияни йукота олмади,
аникроги йукотишга харакат хам килмади.
чунки узига фойда келтирувчиларни кандай йукотади
Baxil Alihuja
01/02/2025 17:19
узбекистонда конун-коидага факат оддий фукароларгина амал килишга мажбурланади. Амалдорлар ва рахбарлар регламентларга тупуриб куйган