Niko O'Rayli APLda mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi
"Manchester Siti" qanot himoyachisi Niko O'Rayli Angliya Premier-ligasida mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Bu haqida APL matbuot xizmati xabar berdi.
"Hujumda yordam berish, himoyada ishonchli bo'lish. Niko O'Rayli bularning barchasini qila oladi", - deyiladi APL xabarida.
21 yoshli futbolchi APLda 34 ta o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'Raylining "Manchester Siti" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar