Nikola Lazarevich: "Kenjaboev mavsum yakunigacha boshqa maydonga tushmasa kerak"

  • 8 oktabr, 2022, 22:29
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-Cola Superligasi, 21-turidan o‘rin olgan AGMK – «Qizilqum» (0:1) bahsidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich qiyin uchrashuvdagi g‘alaba uchun o‘yinchilariga minnatdorchilik bildirdi.

«Qiyin uchrashuvda g‘alaba qozondik. AGMK kuchli jamoa va bu jamoaga qarshi uchrashuvdagi o‘yin va g‘alaba uchun futbolchilarga rahmat», -  dedi murabbiy.

«AGMK turnir jadvalida pastroqda turgan bo‘lsa ham, hali yuqoriga ko‘tarilishiga ishonaman. Islom Kenjaboevda shaxsiy muammolar bor. Mavsum oxirigacha maydonga tushmasa kerak».

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!