Nikoni sotib ololmayotgan "Barselona" endi "Milan" yulduziga ko‘z tikdi

  • 20 avgust, 2024, 15:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, "Atletik"dan Niko Uilyamsning transferi barbod bo‘lgach, Kataloniya klubi hujum chizig‘ini yuqori saviyali futbolchi bilan kuchaytirish uchun muqobil variantlarni qidirmoqda. Qayd etilishicha, klub sport direktori Deko aslida Luis Diasni jamoada ko‘rmoqchi. Ammo "Liverpul" vingerni qo‘yib yuborish niyatida emas.

Yana bir variant esa, "Milan" vingeri Rafael Leau bo‘lib turibdi. "Barselona" prezidenti Joan Laportaning shaxsan o‘zi portugaliyalikka qiziqayotgani ta’kidlanmoqda. Qolaversa, Leaoning o‘zi ham Kataloniya klubiga o‘tishni xohlaydi. Taxminlarga ko‘ra, transferni amalga oshirish qiyin bo‘ladi. Biroq, "Barselona" futbolchining agenti Jorje Mendesh tufayli kelishuvning muvaffaqiyatiga umid qilmoqda.

Mabodo Leau transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda "Barselona" "Yuventus" forvardi Federiko Keza va "Bavariya" vingeri Kingsli Komanlarni muqobil variantlar qatoriga kiritmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!