
Nodirbek Abdusattorov: "Vazifaning qiyinligi motivatsiyamni oshiradi"
O‘zbekistonlik 21 yoshli grossmeyster Nodirbek Abdusattarov chess.com saytiga intervyu berdi. Unda maqsadlari va motivatsiyassi haqida gapirdi.
"Men doim rekord o‘rnatishni xohlardim. Vazifaning qiyinligi motivatsiyamni oshiradi. Bolaligimda tarixdagi eng yosh grossmeyster bo‘lishni istaganman.
Grossmeyster bo‘lganimdan keyin o‘z oldimga 2700 reytingga erishishni maqsad qilib qo‘ydim. Maqsadlaringiz oshgani sari o‘zingizga bo‘lgan motivatsiyangiz oshib borar ekan", - dedi Nodirbek.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz FIDE reytingida 2771 ochko bilan 7-o‘rini egallab turibdi.
Fikrlar