Nodirbek Yoqubboev va Javohir Sindorov yarim finalda bir-biriga qarshi dona suradi!
Hindistonning Goa shahrida 30 oktyabr – 27 noyabr kunlari o‘tayotgan nufuzli “FIDE Jahon kubogi 2025” xalqaro turniri qizg‘in pallaga kirdi.
Musobaqada dunyoning 89 mamlakatidan 206 nafar kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 2 000 000 AQSh dollarini tashkil etadi. Jahon kubogi g‘olib va sovrindorlari (1–3-o‘rin) 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan FIDE nomzodlar turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Mazkur musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekistonlik grossmeysterlar Nodirbek Yoqubboev va Javohir Sindorov FIDE Jahon kubogi yarim finaliga chiqdi va bu bosqichda bir-biriga qarshi dona suradigan bo‘ldi. Bu esa ulardan biri Jahon kubogi finaliga chiqishini anglatadi.
Ma’lumot uchun, turnir natijasida uch nafar eng yaxshi shaxmatchi Shaxmat toji uchun nomzodlar turniriga yo‘llanma oladi.



Fikrlar