Nodirjon Mirzahmedov "Qirol kubogi"ning finaliga chiqdi

  • 26 iyul, 2019, 15:42
  • 0
CHERY AUTO

Tailand poytaxtida boks bo‘yicha “Qirol kubogi” musobaqasida kuchlilar saralanmoqda. Biroz avval ikki nafar hamyurtimiz yarim final doirasida o‘z janglarini olib borishdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi. 

Tecno

Dastlab -49 kilogramm vazn toifasida Nodirjon Mirzahmedov yarim final uchrashuvini o‘tkazdi. Mohd Rejan Muhammadga qarshi jang olib borgan vakilmiz yaqqol ustunlik bilan zafar quchdi. Hamyurtimiz endi oltin medal uchun hindistonlik Dipakka qarshi bahs olib boradi. Ushbu bokschilar aprel oyida aynan shu shaharda Osiyo chempionatining finalida ham to‘qnash kelishgan va o‘sha jang hamyurtimizning g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Shuningdek, -75 kilogramm vazn toifasida Fanat Qahramonov ham yarim final doirasidagi jangini o‘tkazdi. Vakilimiz final yo‘llanmasi uchun hindistonlik boshqa bir bokschi Ashish Kumar bilan to‘qnash kelib, imkoniyatni boy berdi va bronza medali bilan taqdirlanadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!