
Nokautlarga boy o‘tgan "UFC Fight Night 243" turniri yakunlandi
Frantsiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night 243ʼʼ turniri yakunlandi. Uning asosiy to‘qnashuvida Benua Sen-Deni va Renato Moykano o‘zaro jang qildi.
Sports.uz sayti nokautlarga boy o‘tgan musobaqaning to‘liq natijalarini taqdim etadi.
Asosiy kard:
Renato Moykano ikkinchi raundda Benua Sen-Denisni texnik nokautga uchratdi;
Nassurdin Imavov hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Brendan Allenni mag‘lub etdi;
Uilyam Gomis Joanderson Brito ustidan ochkolar evaziga g‘alaba qozondi;
Brayan Battl ikkinchi raundda Kevin Jusseni texnik nokaut qildi ;
Morgan Share ikkinchi raundda Gabriel Mirandani nokautga uchratdi;
Fares Ziam uchinchi raundda Mett Frevolani nokaut bilan mag‘lub etdi;
Prelim:
Ion Kutselaba Ivan Erslandan ochkolar bo‘yicha ustun keldi;
Omar Si hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Da Un Janni engdi;
Ludovit Klyayn ochkolar bo‘yicha Ruzvelt Roberts ustidan g‘alaba qozondi;
Teylor Lapilus hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Vins Moralesni mag‘lub etdi;
Aylin Peres birinchi raundda Darya Jeleznyakovani taslim qildi ;
Daniel Barez hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Viktor Altamiranodan ustun keldi;
Jaklin Kavalkanti ochkolar bo‘yicha Nora Kornollni engdi;
Kris Dankan birinchi raundda Bolaji Oki ustidan g‘alaba qozondi.
Fikrlar