
Nolito “Sevilya” futbolchisiga aylandi
Angliyaning “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Nolito faoliyatini Ispaniyada davom ettiradigan bo‘ldi. Xavbekni “Sevilya” o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishcha, sevilyaliklar ayni paytda ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Nolito yakunlangan mavsum Angliya chempionatida 19 o‘yinda maydonga tushgan va 4 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan.
Fikrlar