No‘’mon Hasanov: "Buxoro"ga qarshi o‘yin oldidan tarkibimizda yo‘qotishlar bor

  • 3 mart, 2018, 15:07
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Buxoro shahrida bo‘ladigan “Buxoro” – “Qo‘qon-1912” jamoalari uchrashuvidan oldin har ikki jamoa bosh murabbiylari va bir nafardan futbolchilar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda dastlab mehmon jamoa murabbiy va futbolchisi ishtirok etishdi. Bu haqda "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tecno

No‘’mon Hasanov: - Barchani boshlanayotgan futbol mavsumi bilan tabriklayman. Bu yilgi mavsumga biz 20 dekabrdan tayyorgarlik ko‘rishni boshlaganmiz. Maqsadimiz futbolchilarimizni shu mavsumga yaxshi tayyorlash edi. Jamoamizni qanday tayyorlaganimizni bugungi o‘yin ko‘rsatadi. Tarkibimizda yo‘qotishlar bor, lekin bu maqsadimizga to‘sqinlik qila olmaydi. Safimizdagi hamma futbolchilar teng, ular bir-birlariga bemalol raqobat qila oladilar. Vazifam futbolchilarni o‘yinga to‘g‘ri tayyorlash. Shogirdlarimni bugungi bahsga ruxan tayyorlay oldim deb xisoblayman. Futbolchilarim ko‘rsatmalarimni qanday qabul qilishdi, barchasini o‘yin ko‘rsatadi. Ertalab futbolchilarga maqsadimizni tushuntirdim, ular to‘g‘ri tushinishdi deb o‘ylayman. Biz o‘yinga tayyormiz, raqibdan qo‘rqish yo‘q. Futbolchilar bergan ko‘rsatmalarimizni to‘g‘ri bajarishsa, maqsadimizga, albatta, erishamiz. Biz doim faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz.

Bahodir Pardaev: - Men Buxoroda 2016 yilda o‘ynaganman. Men uchun bu shahar begona emas. Shaxsan No‘’mon aka Hasanovni takliflari bilan “Qo‘qon-1912”ga kelganman. No‘’monakadek murabbiy bilan ishlashni barcha xohlaydi. Koreyada ham o‘ynab keldim. Hozirda Qo‘qonda o‘ynamoqdaman, demak jamoa uchun borimni beraman. O‘FA katta o‘zgarishlarga qo‘l urdi, chempionatimiz judayam qiziq bo‘ladi deb o‘ylayman. Hamma jamoadoshlarim natija uchun astoydil harakat qiladilar. Barchamiz o‘yinga tayyormiz, maqsadimiz Qo‘qonlik muxlislarni xursand qilish.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!