Noyer, Arauho, Yamal — Chempionlar Ligasi hafta jamoasidan o‘rin olishdi
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Chempionlar ligasining joriy haftasidagi eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy jamoani e’lon qildi.
Darvozabon: Manuel Noyer ("Bavariya").
Himoyachilar: Josip Stanishich ("Bavariya"), Markinyos (PSJ), Roben Le Norman ("Atletiko" Madrid), Maksimilian Arauho ("Sporting").
Yarim himoyachilar: Yozua Kimmix ("Bavariya"), Joau Neves (PSJ), Kay Haverts ("Arsenal").
Hujumchilar: Lamin Yamal ("Barselona"), Xvicha Kvaratsxeliya (PSJ), Xulian Al’vares ("Atletiko" Madrid).
Turnirning bu yilgi finali Budapeshtdagi "Pushkash Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning hal qiluvchi o‘yini 2026 yil 30 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi PSJ hisoblanadi.
Fikrlar