
Noyer uchun mavsum yakunlandi
“Bavariya” jamoasi va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer jarohat olgani haqida ma’lumot berib o‘tgan edik. Bugun myunxenliklar rasmiy sayti bu borada rasmiy xabar berdi.
Tibbiy xulosa natijalariga ko‘ra Noyer “Real”ning uchinchi goli vaqtida oyog‘ini sindirib olgan va nemis posboni mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi ayon bo‘ldi. Ammo mahoratli kiper jarrohlik stoliga ham yotmaydi.
“Albatta, bu men uchun og‘ir yangilik bo‘ldi. Sababi mavsumning qolgan qismida jamoamga yordam bera olmayman. Mening endigi maqsadim tezroq sog‘ayib, formani tiklab yana safga qaytish” –, deb aytib o‘tdi Manuel Noyer.
Fikrlar